Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIPayshanba, 09.05.2024, 04:25



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 16 » "Navbahor" - "Dinamo" 1-0 to'liq tafsilot.
"Navbahor" - "Dinamo" 1-0 to'liq tafsilot.
19:47
1' Jamolar maydonda saf tortish uchun chiqib kelishmoqda. Uchrashuvdagi bosh hakami Rustam Saidov hushtak chalib o'yinni boshlab berdi. Namaganda havo ochiq.
0' Assalomu alaykum, qardrli futbol ishqibozlari! Namangandan xabar beramiz. Hozirgina har ikkala jamoa futbochilari o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini bajarib, echinish xonasiga kirib ketishdi.

2' Jamoalar tarkibi: B.Berdiv, T.Sultonov, Selenkov, R.Brdimurodov, B.Yo'ldoshev, O.Pirmatov, D.Jabborov, A.Sultonov, N.Otaqo'ziev, A.Mahmudov, B.Karadanov

5' Hozircha tashabbus maydon egalarida. Samarqandlik futbolchilari hali Navbahor maydoniga o'ta olishgani yo'q. Hozirgina Nosirov Otaquziaevning zarbasi darvozas ustganasidan o'tib ketdi.

5' Stadionga 13 ming tarofida muxlis tashrif buyurgan.

9' Dinamo: T.Faniev, U.Qobilov, D.Oniya, E.Boydullaev, Anvar Berdiev, S.Sayfiev, U.Abdurahmonov, I.Yunusov, A.Dindыkov, A.Akopyants, H.Rahmonov

15' Uchrashuvning 15 daqiqasi ortda qoldi. O'yin tengkurashlar sotida kechmoqda. Maydon markazida qupol o'ynalgani uchun Dinamodan Dindikov, Boydullaev va Nosir Otaqo'zievlar ogohlantirildi. Navbahor tashabbus ko'rsatib
hujumlar uyushtirmoqda.

18'Navbahor 25 metrlardan jarima zarbasi amalga oshirish huquqini qo'lga kiritdi. D.Jabborov to'pga yaqinlashdi. Uning tepgan to'pini jonli devor bartaraf etdi. Har ikkala jamoa himoyachi juda yaxshi harakat qilayotgani bois golga tortadigan vaziyatlar yaratilmayapti.

19' Berdimurodov to'pni havolatib jarima maydoniga juda chiroyli uzatdi. Lekin bu hujum ham besamar ketdi.

21' Karadanov uchun jarima maydonida qo'pol harakat qilindi Dinamo darvozasi tomon PENALTI belgilandi.

22' 11 metrli nuqtaga A.Sultonov yaqinlashmoqda. Uning tepgan to'pini Timur Faniev QAYTARDI!!!!! Yana qayta zarba darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi va xavf bartaraf etildi!

23' Hozircha tashabbus to'liq Navbahor tarafga o'tdi. Ketma-ket hujumlar uyushtirilmoqda. Mana, navbatdagi kuchli zarba yo'liga ham Dinamo darvozaboni Timur Faniev to'g'anoq bo'ldi. Burchak to'pi.

25' GOOOOOOOL!!! Burchakdan Rahmatulla Berdimurodov oshirgan to'p to'ppa to'g'ri Timur Fanievga tegib darvoza to'ridan joy oldi!!! — 1:0!!

30' O'yinning yarim soati o'tib bo'ldi. Maydonda deyarli teng kurash bo'lyapti.
31' Navbahor «Dinamo» darvozasini ikkinchi marta nishonga oldi!!! Yo'q, qanot hakami ofsayd qayd etib turibdi.

37' Otabek Pirmatov jarohat olganga o'xshayapti. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatilyapti. Navbahorning tezkor hujumi. Timur Sultonov kuchli zarba berdi!!! Yo'q, to'p darvoza ustunining yonidan o'tib ketdi.

41' Birinchi bo'lim nihoyalab qolay dedi. Uchrashuvda kurash asosan maydon markazida kechmoqda. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mehmonlar ham o'zlarining kuchli qanotlari bo'lmish chap qanotini hujumda tez-tez ishga solishmoqda.

42' Qayd etish joyizki, Rustam Saidov uchrashuvni ko'tarinki saviyada boshqarib bormoqda.

43' To'pni namanganliklar ko'proq egallab turishibdi. Bunda albatta o'z maydonida o'ynayotganining katta ta'siri bor.

44' Hakam soatiga tez-tez qarab qo'yayapti. Birinchi bo'lim yakunlanib bormoqda. Akopyants! Yo'q, R.Berdimurodov «Dinamo» hujumchisiga yakaama-yakka vzaiyatga chiqib ketishga yo'ql qo'ymadi. Yana Dinamochilar hujamda. E.Boydallaev! Anvar Berdiev! Yo'q, Anvarning 25 metrdan bergan zarbasi aniq bo'lsa-da, kuchsiz ijro etildi.

45' Hozir «Dinamo» jamoasida hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Ular 25-26 metrlardan jarima to'pi tepadigan bo'lishdi.

45' Zarbadan so'ng to'pni darvozabon yuza chizig'iga chiqarib yubordi. Burchak to'pi. Zarba. Xavf bartaraf etildi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqa o'tib bormoqda.

45' Rustam Saidov 1-bo'lim yakunlanganini bildirdi. Hisob 1:0 — Mezbonlar oldinda. Tanaffus! 0' Qayd etish joyizki kecha bo'lib o'tgan jamoalar o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuvda Dinamochilar 4:1 hisobida g'olib chiqib, o'rinbosarlar turnir jadvalida 2-pog'onaga ko'tarilib olishdi. Navbahor o'rinbosarlari esa 17 ochko bilan 5-o'rinda ketishmoqda.

46' Namangandagi uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi...

50' Ikkinchi bo'limda o'yin teng kurashlar ostida kechyapti. O'yinchilar maydon markazida to'p bilan muomala qilishmoqda. Navbahor tarkibida tanaffusda o'zgarish bo'ldi. A.Sultonov o'rniga maydonda Didar Hojiev harakat qilmoqda.

51' Mehmonlar biroz ustunlik bilan harakat qilishmoqda. Tanaffus chog'ida Azamat Abduraimov shoigrdlariga tegishli ko'rsatmalar berga o'xshayapti.

52' Maydonda kichik qo'polliklar juda ko'p yuz bermoqda. R.Saidov dam-badam hushtak chalib, o'yinni to'xtatishga, jarima va erkin zarbalar belgilashga majbur bo'lmoqda.

56' Akopyants 15 metrdan darvozani aniq nishonga ola bilmadi. O'yin Dinamoning kichik ustunligi ostida o'tmoqda.

60' Hozir «Navbahor» darvozasi oldida chinkam golli vaziyat sodir bo'ldi. Devid Oniyaning bosh bilan bergan zarbasi salgina noaniq bo'ldi. Dinamo tarkibida tanaffusda o'zgarish bo'lgan. Hamdam Rahmonov o'rniga Bahodur Nasimov maydonda harakat qilmoqda.

61' Dinamo yana yangi hujum tayyorlayapti. B.Nasimov B.Yo'ldoshevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Dinamoda yana bir o'zgarish. Everton dos Chantos Kavalkante maydonga tushmoqda.

65' Everton 5 raqamda harakat qilgan Anvar Berdievni almashtirdi.

65' Timur Sultonov tomonidan yaxshi vaziyat yuzaga keltirilgandi. Lekin uning samarqandlik adashi xavfni bartaraf etdi.

67' Navbahorning Dinamoga nisbatan sustroq o'yini maydonda o'yinni tomosha qilayotgan namanganlik muxlsilarga yoqmadi. Ular o'z jamoalarini olg'a chorlashdi. Namangan o'yini yana hujumskorlik kasb eta boshladi. Dinamochilar tarkibida yuz bergan o'zgarishlardan so'ng esa mehmonlarning o'yinida ham jonolanish yuz berdi. Ular ham hisobni tenglashtirish harakatida. 68' Dinamo ketma-ket hujumlar amalga oshirdi. Biroq «Navbahor» himoyasi adashmay xavfni bartaraf etdi. Dinamo tarkibida yana o'zgarish ro'y bermoqda. 14-raqam o'rniga 19-raqamli futbolchi maydonga tushmoqda.

69' Dinamodagi 3-o'zgarishga ko'ra Sherzod Zayniev Aleksandr Dindikov o'riniga maydonga tushgan ekan. Dinamo o'zining sevimli qanotidan juda xavfli hujum uyushtirdi. Navbahor darvozaboni 2 bor o'z darvozasini muqarrar goldan saqlab qola bildi. Sherzod Zaynievning yana bir zarbasi!!! Darvozabon o'z o'rnida

72' Navbahorning navbatdagi hujumi besamar ketdi. Mehmonlar himoyachi yaxshi o'ynadi. Mamedali Karadanov o'rniga Akmal Risqullaev maydonga tushmoqda. 75' 1:0 hisobi juda qaltis hisob hisoblanadi futbolda. Lekin shunga qaramasdan, Namanganliklar shoshilmasdan harakat qilishmoqda. Umid Abdurahmonovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Dinamoning hujumlari asosan braziliyalik legioner Everton Kavelkante orqali amalga oshirilmoqda.

77' Navbahor o'yinda pressing qo'llay boshladi va mehmonlar tashkil etishga jiddiy qiyinchiliklarga duchor bo'la boshlashmoqda. B.Berdiev to'pni shoshilmay o'yinga kiritmoqchi bo'lganda hakam unga og'zaki ogohlantirish berdi.

78' Boydullaev T.Sultonovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Dinamo darvozasi tomon zxavfli masofada jarim to'pi belgilandi.

78' Jarima to'pini t.Sultonov amalga oshirdi — to'p jonli devorga tegib qaytdi.

83' Navbahor hisobni ushlab qolish uchun o'ynayapti. Jamoa bo'lib aqlli himoyalanishda davom etishmoqda. Bu esa stadionga yig'ilgan muxlislarga unchalik ma'qul kelmayapti.

86' Navbahor darvozaning to'g'risida 35 metrlarda jarima to'pi beligilandi. Erkin Boydullaevning kuchli zarbasini B.Berdiev yon chizig'iga chiqarib yubordi. Aut. Yana to'p Navbahor jarima maydonida! B.Nasimovning bosh bilan bergan zarbasi bartaraf etildi.
86' Kurash yana maydon markaziga ko'chdi. To'pni dam u dam bu jamoa egallab turibdi.


90' Uchrashuvning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Uchrashuvdagi to'xtalishlarni qoplash uchun 3 daqiqa qo'shib berdi.

90' Qo'shimcha daqiqalarda ham aytarliya vaziyat sodir etilmadi. Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Xurmatli futbol muhlislari bugungi g'alaba bilan barcha "NAVBAHOR" muhlislarini tabriklaymiz.

Категория: Navbohor haqida | Просмотров: 1745 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 1
0  
1 Polat   (18.05.2009 10:23) [Material]
Бу сафар Намангандаги уйин умуман бошкача булди.Шу куни йигитлар кандайдир шижоат билан уйнашмади. Номига бир гол урволиб сунгра шу галабанип ушлаб колиш учун майдонга чикишганини яккол курсатиб куйишди. Бунга сабаблар бор дейишяпти. Менимча бу молиявий холат буйича булса керак. Тугри хозирги кунда пулсиз хеч нарса килиб булмаяпти.Лекин бу ерда Наманган шахар водий шаъни турибдику.Яхши булиб кетар Мана 1 хафтадан бери Навбахорга маблаг утказиш буйича босим кучайдибр килишса буладику. Наманганга мухлислар уйиндан завк олгани келади.Хатто шундай мухлислдар борки Навбахор учун барча ишларини йигиштириб куядиган.Шунинг учун таркибни махаллийлаштириш керак Уша уйинда туркманлар нима килиб берди? Нимага яхши уйин курсатишмаса хам туширилаверади ушаларни. Мухтор Фозиловни нимаси кам ушлардан.Умуман уйинларда куринмай колди.Тугри Динамо хам кучли уйин киолди лекин шунга Навбахор футболчилари имкон яратиб беришдида.Нима бу футбол уйинчокми нима килса булаверадиган? Бу масалага жиддий аралмас экан бу йил хам утганли йилгига ухшаб олий лигада зурга жон саклаб коламиз. Футболчиларга илтимосим хар нарсани маблагга такаб уйнамаслик бу яхши иш эмас.Худо хохласа хаммаси яхши булиб кетади!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz