Gvardiola: "Chelsi jamoasi o`z-o`zidan biz uchun havflidir. Ular har xil o`yin ko`rsatish
imkoniyatiga egalar va taktik jihatdan juda mukammaldirlar. Drogba juda kuchli, ular butun jamoa bo`lib har bir to`p uchun juda qattiq kurash olib boradilar va ular to`pni raqibdan qanday qilib olib qo`yishni juda yaxshi biladilar. Ular jismonan hozirda Yevropadagi eng kuchli jamoalardan biridir va ular juda kuchli, saviyali o`yin ko`rsatishadi". Bundan tashqari Gvardiola: “Biz bu o`yinga huddi Shanba kungi o`yindaqa qarashimiz kerak, final yo`lida bu birinchi qadam bo`la oladi. Chelsini jismoniy tomondan yutishimiz juda qiyin chunki ular jismonan bizdan kuchli va bizdan ancha govdaliroqdir. Biz o`yinni qanday tashkil qilishni bilishimiz kerak va g`alaba uchun biz: hujum qilishimiz kerak, raqibdan ko`ra ko`proq to`p bilan muomilada bo`lishimiz kerak va gol urish uchun hamma narsani qilishimiz kerak – faqat shu yo`l bilangina biz RIMga yo`l olishimiz mumkin – deb aytib o`tdi.
Eslatib o`tamiz ushbu o`yin Chempionlar ligasining javob bahsi bugun 6-may soat O`zbekiston vaqti bilan 23:45 da bo`lib o`tadi.
Birinchi o`yin Kataloniyada 0:0 hisobida yakunlangan edi.
Manba: Barcamani.com / 18-sector.ucoz.net
Просмотров: 1098 |
Добавил: Abbos
| Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]