Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 05:25



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 14 » Rahmatullo Berdimurodov.
Rahmatullo Berdimurodov.
14:26

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida o'ynagan iqtidor sohiblaridan biri Rahmatullo Berdimurodov ham «Navbahor» tarkibidan joy oldi. Aytish joizki, jamoaga «Paxtakor»dan ijara asosida o'tgan vohalik himoyachi tez orada namanganliklarning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi. Qisqasi, u o'zining ajoyib harakatlari, gollari bilan «Navbahor»ning chiroyli o'yinlariga hissa qo'shmoqda. 


Futboldagi ilk qadamlar

- Umuman olganda, bolaligimda futbolchi bo'laman, deb o'ylamagan edim. Do'stlarim bilan ko'cha-kuyda shunchaki, to'p tepib yurardim,-deydi suhbatdoshimiz. - Millionlar o'yini bilan jiddiyroq shug'ullanishimga O'ktam akam sababchi bo'lgan. Buning uchun undan behad minnatdorman. 9-sinfni tamomlab, poytaxtimizdagi respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejiga o'qishga kirdim. Bu erda Odil Ahmedov, Bahrom Yo'ldoshev, Muqimjon Toshmatovlar bilan birga tahsil oldik.

2004 yil boshlarida kollejimizga o'yinlarimizni ko'rgani kelgan Rauf Inileevga mening xatti-harakatlarim ham ma'qul tushgan shekilli, «Paxtakor» jamoasiga chaqirdi. Bundan nihoyatda xursand bo'ldim. Chunki mamlakatimizning «gigant» klubida o'ynash - har bir yosh futbolchi uchun orzu va sharaf. Shu ko'yi do'stlarim Odil Ahmedov va Mirzakamol Kamolov bilan birgalikda «Paxtakor» o'rinbosarlari safida to'p sura boshladik. Jamoaning asosiy tarkibida esa birinchi bor bundan ikki yil avval «Metallurg»ga qarshi o'yinda maydonga tushganman. Quvonarlisi shundaki, o'sha bahsda «Paxtakor» navbatdagi oltin medalni qo'lga kiritgandi.

 

«Navbahor»ga o'tish

- Har bir futbolchi qaysi jamoada to'p surishidan qat'iy nazar, asosiy tarkibda muntazam maydonga tushish hamda o'yin amaliyotiga ega bo'lishga intilishi lozim. Men esa «Paxtakor»da asosan zaxiradan maydonga tushardim. To'g'ri, jamoada raqobat juda kuchli. Ammo ba'zi hollarda murabbiylar ishonch bildirib turishlari ham kerak-da.

18-milliy chempionat arafasida shu maqsadni ko'zlagan holda jamoani almashtirishga qaror qildim. Oldimda «Navbahor», «Buxoro», «Olmaliq» jamoalaridan biriga o'tish variantlari mavjud edi. Murabbiy Sergey Kovshov menga qo'ng'iroq qilib, «Nav­bahor»ga o'tishimni tavsiya qildi va bu yaxshi samara berishini aytdi. Tarkibga jamoaning Turkiyadagi yig'ini chog'ida qo'shildim. Bu erga kelishim bejizga emas. Namangan xalqi futbolsevar, millionlar o'yinini juda qadrlaydi. Muxlislari hamisha qo'llab-quvvatlab turadigan jamoada o'ynash tabiiyki, menga zavq bag'ishlamoqda.

 

Kuchlar teng

- 18-milliy chempionatimiz bahslari qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechmoqda. «Bunyodkor» va «Paxtakor»dan tashqari, boshqa jamoalarning kuch va imkoniyatlari tenglashib bormoqda. Turnir jadvaliga nazar tashlasangiz, yuqori o'rinlarda turgan jamoani bir mag'lubiyat pastga tushirib yuborishi yoki autsayder klublar bir g'alaba bilan o'zlarini o'nglab olishlari mumkinligiga amin bo'lasiz. Shaxsan menga «Bunyodkor» va «So'g'diyona» jamoalari ko'rsatayotgan o'yinlar manzur bo'lyapti.

Mavsum yakunida chempionlik masalasi yana «Bunyodkor» va «Paxtakor» o'rtasida hal etilsa kerak. Bronzaga esa hozircha «Nasaf» munosib da'vogarlik qilmoqda.

 

Terma jamoa

- Garchi 2010 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida tang ahvolga tushib qolgan bo'lsakda, terma jamoamizning mundialga yo'llanma olishiga hamon ishonmoqdaman. Mirjalol aka Qosimov boshchiligida yigitlar bu mushkul vazifani uddalashadi, degan umiddaman.

 

Filimonovga «sovg'a»

- «Lokomotiv» bilan o'tgan uchrashuvda (7-tur - IF.) raqib darvozasiga urgan golim bilan jamoamning Namangandagi uchrashuvlarda birinchi g'alabani nishonlashiga hissa qo'shganimdan mamnunman. Boz ustiga, rossiyalik taniqli va tajribali posbon Aleksandr Filimonov qo'riqlayotgan darvozaga ayniqsa, standart vaziyatdan to'p kiritish yoqimli.

 

Maqsad - kuchli beshlik

- Bu yilgi mavsumga start berilishidan oldin «Navbahor» rahbariyati klub oldiga kuchli beshlikdan joy olish va kubok bahslarida munosib ishtirok etish vazifasini qo'ygan.

Mana, birinchi davraning yarmi ham ortda qoldi. O'ylaymanki, o'yinimizni yana biroz kuchaytirsak, nafaqat 5-o'rin, balki medallarni qo'lga kiritishga bemalol da'vogarlik qilishimiz mumkin. Buning uchun klub mutasaddilari va muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlab tursalar bas.

 

Rahmatullo Berdimurodov

Tug'ilgan sanasi va manzili: 1987 yil 24 oktyabr, Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani.

Bo'yi: 187 sm; vazni: 70 kg.

Birinchi murabbiyi: Bahodir Karimov.

10 yoshidan futbol bilan shug'ullanib keladi.

O'ynagan jamoasi: «Paxta-kor» (2004-2008 yillar). 2006 yildan jamoaning asosiy tarkibiga jalb qilingan. 2009 yil boshidan ijara asosida «Navbahor»da o'ynab kelmoqda.

Yoqtirgan futbolchisi: Baxtiyor Ashurmatov, Devid Bekxem.
Yoqtirgan klubi: «Real».
 
 
 
 
Manba: www.pfc-navbahor.uz  

Категория: Navbohor haqida | Просмотров: 5007 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz