Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 02:54



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 14 » Tartib intizom qo'mitasi navbatdagi yig'ini
Tartib intizom qo'mitasi navbatdagi yig'ini
19:09
O'zbekiston futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. 

Yig'in davomida qo'mita a'zolari yuz bergan voqealarga tegishli video materiallar va to'plangan hujjatlarni ko'zdan kechirib, shunday xulosaga kelishdi. 

Oliy liga jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionatining 9-turidan o'rin olgan “Mash'al” – “Sho'rtan” uchrashuvining (1:2) 52-daqiqasida bosh hakam yordamchisining sha'niga noma'qul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan “Mash'al” FK bosh murabbiyi Bahodir Davlatov ogohlantirildi va jarimaga tortildi. 

9-tur doirasidagi “Neftchi” – “Andijon” klublari o'rtasidagi uchrashuvda ishqibozlarining xulqi uchun “Andijon” PFK ogohlantirish bildirildi. 

O'rinbosarlar safidan quyidagi futbolchilar 3 ta o'yinga chetlatildilar: 
D.Ermatov (“Neftchi”) “Buxoro” – “Neftchi” o'rtasidagi 8-tur uchrashuvida raqibini oyog'i bilan ataylab tepgani uchun chetlatilgan. N.Rajabov (“Buxoro”) o'sha o'yinda raqibini oyog'i bilan tepgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. M.G'ofurov (“Navbahor”) “Navbahor” va “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi 8-tur uchrashuvida o'yin to'xtatilgach, raqibini oyog'i bilan ataylab tepgani uchun chetlatilgan. G'.O'daev (“Xorazm”) “Xorazm” va “Olmaliq” o'rtasidagi 9-tur bahsida to'p uchun kurash paytida raqibini oyog'i bilan qo'pol tarzda tepgani uchun chetlatilgan. 

Birinchi liga jamoalari o'rtasidagi “Do'stlik-2008” – “NBU-Osiyo” uchrashuvida (7-tur) jamoadoshining sha'niga noma'qul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan A.Axmadjonov (“NBU-Osiyo”) 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. 

8-tur doirasidan o'rin olgan “Do'stlik-2008” – “Shayxontohur” uchrashuvi chog'ida mehmonlar bosh murabbiyining sha'niga noma'qul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan “Do'stlik-2008” a'zosi D.Do'smatov 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, raqibi o'yinchisini haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan “Shayxontohur” futbolchisi J.Rasulov ham 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bundan tashqari, “Shayxontohur” FK ustozi K.Rasulov ham jazodan bebaxra qolmadi. 

29 aprel kuni bo'lib o'tgan “Paxtakor” va “Nasaf” klublari o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida OAV vakillariga hakamlarning faoliyatiga e'tiroz bildirgan “Nasaf” bosh murabbiyi V.Kumikov jarimaga tortildi. Zero, shu kuni qarshiliklar hakamlik yuzasidan rasmiy norozilik xati yozishmagandi.

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 914 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz