Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 07:06



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 14 » Mundial quvonchi .
Mundial quvonchi .
19:16

Dunyo g'am anduhdan, ba'zida quvonchdan iborat. Bu holatni his qilgan odam yaxshi biladi. Fam anduh ila qolgan ko'ngil bir quvonsa qalbi bilan huzurlanadi. Va lekin quvonib turgan dilga alamlar yog'ilsa, ul ko'ngilning quvonchidan asar ham qolmaydi. Bugun kirish maqolamizni judayam falsafiy qarashlar ila to'ldirmoqchimiz. Oxiri nima bilan tugashini bilmadigu, biroq har holda kutilmagan voqea bilan nihoya topishiga shubhamiz yo'q. 

Birgina hafta odamni ne ko'yga solmaydi, deysiz? Yo'q, yo'q, ikki kunning o'zi, desam ham to'g'ri bo'ladi. O'zbekistonda yashayotgan futbol ishqibozi baribir Barselonada yashayotgan muxlisdan baxtli, ishonavering! Nimaga deb baqrayib qoldingizmi, bo'lmasa, tushuntiraman – Ispaniyadagi muxlis nari borsa ikki jamoaga muxlislik qiladi, Ispaniya terma jamoasiga va “Barselona”ga. Madridda yashaydigan muxlis esa “Barsa”ning o'rniga “Real”ni yaxshi ko'radi. Ana shunaqa. O'zbekistonliklar esa “Paxtakor”ga muxlislik qilishadi, “Bunyodkor”ni olqishlashadi, “Neftchi”ning g'alabasidan shodlanishadi va ispaniyalik ishqiboz singari yo “Barselona”ga muxlislik qiladi va yo “Real”ga. Qarang, bizda muxlislik qilish imkoniyati kengroq. Tag'in, ba'zilarimiz bor, shunga qo'shib Angliyaning “MYu”sini ham yaxshi ko'rvoramiz. Italiyaning “Yuventus”iga, “Milan”iga bir yo'la ishqibozchilik qilishga ham qurbimiz etadi. Ota-bobolarimiz serfarzand bo'lishgan, biz ularning yo'lidan ortda qolmagan holda serjamoa bo'lishga intilamiz. (Serfarzand bo'lishganiga boshqa “ser”ni aytib o'tmadim, maqolamni uydagilar o'qib qolishlari mumkin!!!) Xullas, baribir ispaniyaliklar bizga hasad qilishsa bo'laveradi. 

Men ushbu maqolani yozyapmanu, bir marta bo'lsa ham Ispaniya matbuotida chop etilishini istayapman. Chunki ular hasaddan tamom bo'lishsin, deyapman-da! Butunlay maqolani tarjima qilish to'g'ri kelmas-u, ammo quyidagi o'rinlarini tarjima qilishsa yaxshi bo'lardi. Maqola serjamoa o'zbek ishqibozining tilidan yangraydi: 

“Angliyadan tanlagan jamoam “MYu” edi, o'sha o'yinga hozirlik ko'rib o'tirgandim, “Bunyodkor” Saudiyada kayfiyatni er sharining eng pastki qatlamiga tushirib tashladi. Odam degan ham shunday bo'ladimi, bitta urdirding, ikki urdirding, bo'ldi-da, himoyani o'yla! Yo'q, faqat oldinga, Jasur Hasanovning tor fikrli fintlarini uydagilari ham yodlab olishgan bo'lsa kerak, aylanaveradi-aylanaveradi. Raqib esa unga imkoniyat bermayapti. Xayrullo Karimov ham xatolarini takrorlashdan charchamaydi. Menimcha, keyingi avlodga shu futbolchini tanishtirish kerak bo'lsa, faqat xatolaridan tashkil topgan lavha berilsa kerak, bilmadim. Rivaldo ham qaribdi, bechora! “Barsa”da yurgan davrlarini eslasam, inson yoshi futbolda muhim ekanligini his qilyapman. Keyin, bir narsani sezib qoldim... hech kimga aytmasangiz aytaman. Kelishdikmi? Shu o'yinda eng ko'p mehnat qilgan futbolchilar asosan Braziliyadan kelgan legionerlar bo'lishdi, sezdingizmi? Bu holatni siz qanday izohlaysiz, bilmadimu, ammo men braziliyaliklar zo'r bo'lganliklari uchun fidokorlik qilishdi, deya olmayman. Bu holatga sabab aslida boshqa erda – ular “Bunyodkor” engiladigan bo'lsa asosiy aybdor bo'lib chiqishlarini bilib to'p surishdi. Jon berib yugurayotgan Viktorning xayolida kulib turgan Vilyannueva turgan bo'lsa, ajab emas. Bir himoyaga qaytayotgan, bir qanotdan hujum boshlayotgan Ramosning xayolida sarxush Luizao gavdalangan bo'lsa, ne tong? Rivaldoning hurmati bilan yurgan bu bolakaylar o'zbekistonlik futbolchilardan ko'proq ter to'kishganiga bosh sabab shu bo'lsa kerak, azizlar!!! Ammo to'rtta goldagi asosiy aybdorlar O'ZBEKistonliklar bo'lishdi. O'sha Xayrullo ham, o'sha Bugalo ham o'yindan keyin videotasmani ko'rib qo'yishgan bo'lsa, o'zlarining antiqa harakatlariga izoh topa olmaganlariklari turgan gap. Topa olishmaydi ham. 

Kayfiyat rasvo bo'ldi. “MYu”ga muxlislik qilamanu, vatandoshlaring 4 ta javobsiz to'p o'tkazib yuborgan lahzalarda Evropa futboli ham tatimas ekan. Baribir ko'rdim. Ko'rdimu, ancha o'zimga keldim. Krishtianu Ronalduga havasim keldi. Zarbalari boshqacha-da yigitning. Boshqacha. “Arsenal”ni ko'mib qo'ya qoldi-ya! “Portu”ni shunaqa tinchitgan edi, bu safar londonliklar yig'lab qolishdi. “Bunyodkor”ning o'yini esdan chiqib ketdi. O'zimizdagi fabrikalardan birida tikilgan ichki kiyimni chet elning go'zal ko'ylagi berkitib tashlagandek tuyuldi. Bunaqa holatda ko'chaga chiqsa bo'ladi, birov sezmaydi! Shunday o'xshatish ila uxladim. Xotirjam uxladim. Ertalab turaman-da, do'stlarimga birinchi bo'lib “MYu”ning g'alabasidan so'z ochaman, deb o'zimga o'zim va'da berib oldim. 

Ertasiga kun bo'yi qizil iblislarning yulduzli tarkibi haqida va'zlar o'qidim. Birovga gap bermadim. Lekin nimagadir peshinga borib shijoatim pasaya boshladi. Kechagi o'yinni esimdan chiqarishga tushdim. Yaxshilab o'ylab ko'rsam, “Paxtakor”ning o'yini boshlanishiga yaqin qolibdi. Paxtakorchilarga muxlislik qilishim kerakligini o'ylab, Londondagi o'yinni xotiram hofizasidan arxiv fayllariga qo'shib qo'ydim. O'zimi axir, “Paxtakor”ning birinchi o'rin masalasi hal bo'ladigan lahzalarda turibman-a! 

Odil Ahmedov sardorligi ostida o'tgan o'yin toshkentliklarning ajoyib g'alabasi bilan tugadi. O'yinni zavlanib tomosha qildim. Rosa xursand bo'lib turuvdim, turnir jadvalidagi holat esimga tushib qoldi. Oxirgi turda poytaxtliklar bilan bahslashadigan “Al Hilol” o'ziga kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritibdi. Bu yaxshi xabar emasdi. Hammasi Saudiyada hal bo'ladi, degani edi. Agar paxtakorchilar ikkinchi o'rinni olishsa, “Bunyodkor”ni tinchitgan “Al Ittifoq” bilan o'ynaydi. Buyam yomon xabar. Har holda saudlar yomon o'ynashmas ekan. Taktikalari ham bor, yigitlari oyoqda mustahkam. Qisqa qilib aytganda, g'alaba qozonsaku xayr, agar yutqazsak, O'zbekistonning ikki grant jamoasini dog'da qoldirgani bilan gerdayib yuradi Osiyoda. 

Mana shunaqa o'lda-jo'lda fikrlarim bilan “Stemford Bridj” stadionidagi o'yinga etib keldim. “Barsa”ga muxlisman. Judayam yaxshi ko'raman bu jamoani. Angliyada “MYu”ni qanaqa yaxshi ko'rsam, Ispaniyada Gvardiola shogirdlariga mehrim bo'lakcha. Qaniydi bugun ular g'alaba qozonishsa, qaniydi... Falaba qozondi! O'zingiz ko'rdindingiz-a, qanday engganini?! Hammasini rejada tuzib qo'ygandek engdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda gol urdi. Kataloniya jamoasi ikki o'yinda bir marta to'g'ri tepdi, shuyam gol bo'ldi va shu gol Londonni ko'mib qo'ydi. Angliya poytaxti yig'lab qoldi. Kuni kecha “MYu”ni g'olib qilgandi, bugun esa “Barsa”ni. Futbol poytaxti baribir mamlakat poytaxti degani emas-da! (Bizning yurtga mutlaqo mos emas!) 

“Paxtakor”ning g'alabasidan xursand bo'lib, uning keyingi raqibi yana o'sha “Al Ittifoq” bo'lishi mumkinligini o'ylab ozgina siqilgan edim. Bu safar “Barsa”ga nisbatan shu tuyg'uda bo'ldim. Xo'p, jamoa chiqqani bilan baribir ikkinchi jamoamga qarshi o'ynaydiku finalda! Alam!!! Xullas, bir xursand bo'lsang, ketidan bitta xafa bo'lib qo'yar ekansan. Dunyo shunaqa ekan... 

Ikki kunim shunaqa mazmunli o'tdi. Seshanba va chorshanba kunlari futbollar bilan ko'milib qoldim. Boshqa ishga qo'lim bormadi. Serjamoa bo'lish baribir yaxshi-da. Ammo final Rimda ikki jamoam o'rtasida o'tishini o'ylab baribir ko'nglimga qil sig'madi, kimga muxlislik qilaman? Messi va Ronalduning ikkisini yaxshi ko'rsam, qaysinisini ko'proq yaxshi ko'rar ekanman, bilmadim. Kim yutsa o'shanga muxlislik qilgandim, deb o'zimni o'zim aldaganim yaxshimi, yoki engilgan jamoaga achinib qo'yaveraymi? Mendan nima ketdi...” 

Taxminan shunday holatga tushgan muxlislar bor oramizda. “Arsenal”ga muxlislik qilgan, ertasiga “Chelsi”ga ishqibozchilik qilgan, ikki o'yin oralig'ida “Al Ahli” futbolchilarini suyib, bir kun oldin “Al Ittifoq” hujumlarini rohatlanib kuzatgan ishqiboz bizning diyorda topilmaydi. Qidirib ovora bo'lmang. Bunaqa muhabbatlarni bog'lashning iloji yo'q bizda. Ammo yuqoridagilarini tasavvur qilish mumkin. 

Endi biz sarlavhamizga qaytamiz va ko'p gapirmaymiz: O'zbekiston terma jamoasi haqida, ushbu jamoaning 6 iyun o'yiniga tayyorgarligi xususida bong uraverib charchagan edik. Hatto o'tgan sonimizda tikkama tikka turvolib, o'dag'aylashga ham tushdik. Hadeb bezbetlik qilmagin, degan o'gitlarni eshitganmiz, biroq bu erda shunday qilmasa bo'lmasdi. Foyda berdi. Dushanba kuni soat 22 larda qo'limga “Chempion”ning o'tgan sonini olishim bilan uyali telefonim jiringlab qoldi. Ma'lum bo'lishicha O'zbekiston futbol federatsiyasi nihoyat o'rtoqlik o'yini o'tkazishga qaror qilgan edi. Kim bilanligini bilishmas ekan, lekin o'yin bo'ladi, degan aniq xabar ila meni quvontirib yubordi. Mening bu quvonchim yuqorida nomi anonim saqlangan muxlisning shodliklaridan ancha mazmunli ekanini o'zingiz ham sezyapsiz, to'g'rimi? Shuning uchun, keling, azizlar, haqiqatni aytishdan charchamaylik, biron bir jamoaga noxolis baho bermaylik, asosiysi serjamoa bo'lsak ham milliy terma jamoamiz oldida ularning bir tiyinlik qiymati yo'q, deb hisoblaylik. 

Messini zo'r, deyligu, uning jovdiragan ko'zlaridan ko'ra Ahmedovning nigohini ustun qo'yishga odatlanaylik. Ronalduning fintlariga oshufta bo'lavermasdan, Serverimiz jarima to'plarini muvaffaqiyatli tepishni boshlashiga umid bog'laylik. Van der Saarning seyflarini havas uchun ko'raylik, illo Nesterovning holatini tomosha qilayotganda qo'limizda turgan shishani otvoraylik. Chunki bu yaxshi ko'rishlar orasida er bilan osmonchalik farq bor. Milliy terma jamoamizning birgina o'rtoqlik o'yini o'tkazib, Yaponiyaga qarshi tayyorlanishini eshitib, “Bunyodkor”ning sharmandali mag'lubiyatini unutib yuboraylik, arziydi, azizim! O'zbekiston termasining birgina muvaffaqiyatli odimi “Paxtakor”ning OChL g'olibi bo'lishidan ko'ra muhimroq bo'lsin bizga, ey fidoyi do'st! Qo'ying o'sha tortishuvlarni, qiymatliroq masalalar bor dunyoda... 

Hozir qo'limda “Chempion”ning oldingi soni. Muqovada Nesterov terma jamoa libosini talab qilmoqda, ichkarida asosan shu haqda xitoblar. Kim ayta oladi shundan keyin, bizdagi matbuot hech kimga ta'sir ko'rsata olmaydi, deb, kim??? Ko'rsata oladi. Faqat istardikki, o'sha o'tkazilayotgan o'rtoqlik o'yini muxlislar oldida nomiga hisobot berib qo'yish uchun emas, samuraylar bilan kechadigan bahs oldidan tarkib masalasini aniq-tiniqlab oladigan qiymatga ega bo'lsin. Mana, ko'rdinglarmi, biz o'rtoqlik o'yini o'tkazdik, ammo yapon kuchli edi, degan gapni aytish uchun o'tkazayotgan bo'lsangiz, yig'ishtirib qo'ya qoling! Hozirdanoq! Ha, hozirdanoq! 

O'ylab qarasam, baribir shu birgina o'rtoqlik o'yini haqidagi xabar eng yaxshi xabar ekan. Chunki “MYu” va “Barsa”ning muxlislari Evropada ham topiladi, mabodo biz muxlislik qilmasak, o'shalar bilan bo'shliq to'ladi. Ammo bizning terma jamoani biz yaxshi ko'rishimiz shart. Bu bo'shliqni hech kim to'ldira olmaydi. Maqolamning oxirida mashhur yulduz Patrik Klyuyvertga tegishli ajoyib iqtibosni keltirib o'taman-da, xotirjam boshqalarga navbat beraman: “Men uchun “Barsa” tarkibida kiritgan eng chiroyli golim Gollandiya terma jamoasi uchun qo'limda urgan eng xunuk golimga ham teng emas. Chunki bunisi vatanim hisobiga yozilgan!!!”

Manba: "Chempion" gazetasi

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1010 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz