Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 01:08



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 15 » O'ZBEKISTON - BOSNIYA
O'ZBEKISTON - BOSNIYA
14:29


2010 yilgi Jahon chempionati 4-saralash bosqichi doirasida Yaponiya bilan bo'ladigan muhim o'yin oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 iyun kuni Toshkentda Evropa vakili – Bosniya-Gertsegovina terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi “Terma jamoalar va marketing” boshqarmasi boshlig'i Alisher Nikimbaevning ma'lum qilishicha, chamasi bir oy davomida olib borilgan muzokaralar shu bugunga kelib rasmiy ravishda o'z tasdig'ini topgan.

“Qariyb, bir oy mobaynida biz turli qit'a vakillari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish yuzasidan muzokaralar olib bordik. Ma'lumki, muzokara chog'ida faqatgina o'yinni o'tkazish borasida gaplashilmaydi. Bu erda, moliyaviy masalalar, raqiblarning kelib-ketishi, ularning o'ziga yarasha talablari mavjud. Buning ustiga, biz o'rta Osiyoda joylashganmiz va aytaylik, Evropa yoki Afrika davlatlari uchun yo'l bilan bog'liq muammo yuzaga kelishi tayin. Shu bois, faqatgina o'yinning o'zi emas, bu borada yana boshqa turli masalalar ham ko'zda tutiladi. Nima bo'lganda ham, muzokaralar biz uchun ijobiy yakun topdi”.

Sparring-raqib haqida to'xtaladigan bo'lsak, Bosniya-Gertsegovina terma jamoasi 2010 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining 5-guruhida Ispaniyadan keyin ikkinchi o'rinni band etib turibdi. Ushbu guruhda Turkiya, BElgiya kabi kuchli terma jamoalar ham o'rin egallagan. O'tkazilgan olti uchrashuvdan keyin bosniyaliklar 12 ochko jamg'arishga erishishgan.  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Bosniya-Gertsegovina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 1 iyun kuni “Paxtakor” markaziy stadionida soat 19:05 da boshlanadi. 

Manba: www.the-uff.com

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1324 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz