Главная » 2009»May»15 » Mundial To'plari namoyish qilindi (U-20)
Mundial To'plari namoyish qilindi (U-20)
16:20
FIFA shu yilning kuz oyida Misrda o'tkaziladigan yoshlar (U-20) o'rtasidagi Jahon chempionatida o'ynaladigan to'plarni namoyish qildi. Ushbu to'plar “Adidas” firmasi tomonidan mundial uchun maxsus ishlab chiqarildi. Ma'lumki, Ahmad Ubaydullaev shogirdlari “D” guruhida Gana, Urugvay va Angliya terma jamoalari bilan aynan shu to'plarda o'yin o'tkazishadi. FIFA mutasaddilari har bir ishtirokchi-davlat vakillariga “Adidas” to'plarini yuborishdi. Zero, Jahon chempionati qadar futbolchilar ushbu koptoklarda mashg'ulot o'tkazib, ularga ko'nikib olishlari maqsadga muvofiq. Shu maqsadda, O'zbekiston futbol federatsiyasiga ham 20 ta to'p jo'natildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi keyingi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida aynan “Adidas” to'plaridan foydalanadi. Eslatib o'atmiz, 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati shu yilning 24 sentyabr – 16 oktyabr kunlari Misrning 4 ta shahrida o'tkaziladi.
Категория: Dunyo Futboli |
Просмотров: 1203 |
Добавил: Abbos
| Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]