Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 04:54



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 16 » Ov mavsumini kutayotganlar
Ov mavsumini kutayotganlar
20:30
Ayrim jamoalar uchun mavsum tugadi va qolgan uchrashuvlarni ular rasmiyatchilik uchun o'tkazishadi. Aynan shu jamoalar hozirdanoq yozgi transferlarda xarid qiladigan futbolchilar ro'yxatini tuzib qo'ygan bo'lishsa, ajab emas. OAV esa allaqachon mish-mishlar boshlanib ketgan. Xususan, ayni damda Ronaldu haqidagi xabarlar bolalab ketgan. Rossiyalik jurnalistlar esa navbatdagi “ ov mavsumi”ni kutayotgan futbolchilarning imkoniyatini chamalab ko'rishdi. Ular soni ko'p bo'lsa-da, mazkur maqolada ayrimlarigagina to'xtalamiz, xolos. 

David Vilya 

2008 yilgi Evropa chempionatidan keyin Vilyani «kuhna qit'a”sining barcha jamoalariga o'nashtirib chiqishdi. Aftidan, yozda nihoyat, Daviya “Valensiya”dan ketadi, shekilli. Negaki, ispanlar hozirda qarzlaridan qutulish uchun etakchi futbolchilarni sotibni rejalashtirmoqda. Aniqki, ketadigan ro'yxatini Vilya boshqarib bormoqda. Vilyani sotib olishga asosiy da'vogar- Mardridning “Real” jamoasi bo'limb turibdi. “Qirollik klubi” rahbarlari Ispaniya terma jamoasi hujumchisini xarid qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga tayyor. Bundan tashqari, “Liverpul” va “Manchester Siti” ham voqealar rivojini ko'zatishni davom ettirishmoqda. Benites hozirda o'z jamoasida Torres-Vilya juftligini ko'rishni juda-juda istamoqda.  

Karlos Teves 

Argentinalik futbolchining yozda “Old Trafford”ni tark etishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda. Buning sababi oddiy. “MYu” Teves bilan yangi bitim imzolashga shoshilmayapti. Hozircha, klub rahbarlari ushbu masalani ko'rib chiqishmoqda. Ammo ular ulgurmasliklari mumkin. Chunki, Karlosning ijara muddati yakunlanishiga juda ham oz fursat qolgan. Tevesning o'zi esa Angliyada qolishini bayon etmoqda. Teves uchun ham kurash asosan, “Manchester Siti” va “Liverpul” o'rtasida kechsa ajabmas. Ammo yaqinda Teves intervyu berar ekan “MYu” muxlislarining hurmati yuzasidan “Liverpul”ga o'tishini bayon etgan. Axir uning boshqa iloji ham yo'q. 

Brede Xangeland 

Bu mavsumda Xangeland sayi-harakatlari tufayli “Fulxem” himoyasini yorib o'tish har qanday jamoaga ham oson bo'lmadi. Baland bo'yli norvegiyalik futbolchi pozitsiya tanlashda tengsiz sanaladi. Uning yutug'i shundaki, Brede har qanday ampluada bir tekis o'ynay oladi. Qiziq, “Fulxem” shunday tajribali himoyachini sotishga rozi bo'larmikan? Garchi, matbuotda klub rahbarlari yangi mavsumda ham Xangeland jamoada qolishi ta'kidlashayotgan bo'lsa-da, norvegiyalik futbolchi yozda yangi jamoa safiga o'tib ketish ehtimoli yo'q emas. Axir grandlar tomonidan taklif etilgan katta summa “Fulxem” prezidentiga ma'qul kelishi turgan gap. 

Garet Berri 

O'tgan yili ham Berrining “Aston Villa”dan ketishiga bir bahya qolgandi. Ammo nimadir bo'ldi-yu, uning “Liverpul”ga o'tishi amalga oshmay qolgandi. Ushanda “Villa” ustozi Martin O’Nilning taqdirida o'zgarish bo'lgani sababli Berri jamoada qolishga majbur bo'lgandi. O’Nilning fikricha, bu safar yarim himoyachining ketishiga hech narsa to'sqinlik qila olmaydi. Berrining yana bir yillik shartnomasi qolganini hisobga olsak, “Villa” uning uchun katta pul talab qila olmasligi oydek ravshan. Aftidan, klub rahbarlari ham katta savdoni kutmayotgan ko'rinadi. 

Frank Riberi 

Riberi butun mavsum davomida “Bavariya” tarkibida yorqin o'yin namoyish etdi. Hatto o'sha “Barsa” bilan bo'lgan uchrashuvda ham Frank tinib-tinchimasligi bilan alohida ajralib turdi. Buning natijasida Evropaning eng dongdor jamoalari ayni damda Riberining ishqida qolishgan. Ayniqsa, yarim himoyada muammolarni boshdan kechirayotgan klublar Riberini orzu qila boshlashdi. Da'vogarlar ro'yxatini “MYu” boshqarib bormoqda. “Qizil iblislar” jamoadan ketishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu o'rniga Riberini sotib olishmoqchi. Aytishlaricha, inglizlar frantsiyalik futbolchi uchun 64 mln. funt taklif qilishga ham tayyor. Riberini o'z safida ko'rishni istayotganlar qatorida “Barsa” ham tilga olinmoqda. 

David Bentli 

Angliyalik yarim himoyachi uchun “Tottenxem” naqd 17 mln funt to'lagandi. Ammo futbolchi ushbu pullarni umuman oqlamadi. Angliya terma jamoasida ham David o'zini ko'rsata olmadi. Xolbuki, Bentlini Devid Bekxem vorisi sifatida e'tirof etishgandi. Bundan tashqari, bu yarim himoyachi “Tottenxem” asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'yishdi. Bu ham etmagandek, Garri Rednappning unga bo'lgan ishonchi ham asta sekin suna boshladi. Shuning uchun transferlar paytida Bentli ham sotilib ketishi turgan gap. 

Roke Santa Kruz 

  Paragvaylik futbolchi mana bir yildan beri “Manchester Siti” safiga o'tishga yaqin bo'lyapti. Ammo so'nggi pallada ushbu savdo amalga oshmay qolmoqda. Angliyada bu transferni “amalga oshmas tush” deb ham ataganlar bo'ldi. “Blekbern” o'z etakchisidan ayrilishni istamasa-da, “shaharliklar” ustozi Mark Xyuz ham ortga chekinmoqchi emas. Ko'ramiz, kimning orzusi amalga oshar ekan? 

Dide Drogba 

Drogbaning xarakteri murakkab va uni boshqarish oson ish emas. “Chelsi”da Joze Mourino ishlagan paytda afrikalik futbolchini qattiq nazorat ostiga olgandi. Keyin esa hammasi o'zgarib ketdi. Faqat Xiddink kelgach, Drogbaning tanobini tortib qo'ydi. Alal oqibat Drogba yana birinchti raqamli hujumchiga aylandi. Londonliklar uni yozda sotib yuborishlari mumkin. Negaki, Xiddink ketgach, uni boshqarish yana qiyinlashadi. Buning o'stiga, unga yaxshigina xaridorlar ham yo'q emas. Bu gal “Real” nomzodlarning birinchi raqami sifatida tilga olinmoqda. Shuningdek, Joze Mourino boshqarayotgan “Inter” ham Drogbaga befarq emasligini bot-bot ta'kidlayapti.

<BR>Manba: futbol-info.uz

Категория: Dunyo Futboli | Просмотров: 963 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz