Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 00:35



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 17 » ISTAMBULGAChA BOSILGAN OG'IR YO'L
ISTAMBULGAChA BOSILGAN OG'IR YO'L
16:26


20- may kuni Istambul shahrida Evropada nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turadigan UEFA Kubogining hal qiluvchi o'yini bo'lib o'tadi. Chorshanba oqshomida Donetskning «Shaxtyor» va Bremenning «Verder» jamoalari bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun maydonga chiqishadi. Odatdagidek final uchrashuvidan oldin har ikki jamoaning shu kungacha o'tkazgan o'yinlariga bir nazar tashlashga jazm etdik. Shuni aytish joizki, har ikkala klub ham dastlab o'z kuchini Chempionlar Ligasida sinab ko'rgandi. 

«ShAXTYoR»NING FINALGAChA BOSIB O'TGAN YO'LI 

«Konchilar»ning UEFA kubogining finaliga qadar etib kelishiga bosh murabbiyning qo'llagan ajoyib taktikasi va braziliyalik legionerlarning mahorati asosiy vazifani o'tadi. 

Avvaliga «Shaxtyor» Chempionlar ligasida yaxshi start olganiga qaramay, guruh bahslaridan nariga o'ta olmadi. O'shanda ko'pchilik ruminiyalik mutaxassisni tanqid ostiga olgandi. Biroq UEFA Kubogiga qo'shilgach, donetskliklar o'yini ochilib ketdi. Jamoa o'tkazilgan sakkizta uchrashuvning beshtasida g'alaba nashidasini surishdi. Keling, hammasini bir boshidan boshlaylik. 

Chempionlar ligasi S-guruhi Yuqorida aytib o'tganimizdek, donetskliklar ChEmpionlar Ligasini ajoyib g'alaba bilan boshlashdi. Mehmonda «Bazel» 2:1 hisobida dog'da qoldirildi. Ikkinchi turda esa Ukraina fojeasi deb taorif berilgan o'yinda «Barsa» so'nggi daqiqalarda donetskliklardan g'alabani sug'urib oldi. Kenyingi ikki uchrashuvda esa «Sporting» Luchesku shogirdlarini ikki bor mag'lubiyatga uchratib, «Shaxtyor» uchun pley-off yo'lini berkitib qo'ydi. O'z guruhida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan donetskliklar UEFA Kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi. Bu erda esa «konchilar» Qo'yidagi natijalarni qayd etishdi. 

1/16 final «Shaxtyor» - "Tottenxem" 2:0 "Tottenxem" - «Shaxtyor» 1:1 (umumiy hisob. 3:1) 

1/8 final TsSKA M - «Shaxtyor» 1:0 «Shaxtyor» - TsSKA M 2:0 (umumiy hisob 2:1) 

1/4 final «Shaxtyor» - "Olimpik" 2:0 "Olimpik" - «Shaxtyor» 1:2 (umumiy hisob 4:1) 

1/2 final "Dinamo" Kiev - «Shaxtyor» 1:1 «Shaxtyor» - "Dinamo" K 2:1 (umumiy hisob 3:2) 

«VERDER»GA OMAD KELTIRGAN O'YINLAR 

Chempionlar ligasining yana bir omadsiz ishtirokchisi «Verder»ham UEFA kubogiga o'tgach, ancha ishonchli to'p surdi. Bremenliklar sakkiz uchrashuvning atigi ikkitasida g'alaba qozonishdi, xolos. Ikki bosqichda esa Shaaaf shogirdlari safarda kiritilgan gollar evaziga musobaqani davom ettirishgan. Shuni ham aytish joizki, «musiqachilar» 1/16 finalda g'oliblikka asosiy daovogar sanalgan «Milan»ni dog'da qoldirishgan. Keling hammasini bir boshdan boshlaymiz. 

 Chempionlar ligasi V- guruhi "Verder" ligadagi ishtirokini nursiz durang bilan boshladi. O'z maydonida Kiprning «Anortosis» klubini qabul qilgan bremenliklar 0:0 hisobida durang o'ynashdi. Kenyingi ikkita uchrashuvda ham Shaaf shogirdlari raqiblari bilan murosa yo'lini tanlashdi. Ikkinchi davrani esa «Verder» qaqshatgich zarba bilan boshladi. Nemislar darvozasiga «Panatianikos» javobsiz uchta to'p kiritdi. Beshinchi turda «musiqachilar» Anortosis» bilan 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Oltinchi turdagi «Inter» ustidan qozonilgan g'alaba esa Shaaf shogirdlari uchun UEFA kubogida o'ynash huquqini berdi. «Verder» o'yinlariga nazar tashlar ekanmiz. Qiziq holatga duch kelamiz. Shaaf shogirdlari Evrokuboklarda atigi uchta g'alaba qozonib, UEFA kubogining finaliga chiqdi. Bu ko'rsatgichga ko'pchilik havas qilsa arziydi. «Verder» finalgacha qo'yidagi natijalarni qayd etdi. 

1/16 final "Verder" - "Milan" 1:1 "Milan" - "Verder" 2:2 (umumiy hisob 3:3 «Verder» safarda kiritgan gollar evaziga keyingi bosqichga chiqdi.) 

1/8 final "Verder" - "Sent-Etpen" 1:0 "Sent-Etpen" - "Verder" 2:2 (umumiy hisob 3:2) 

1/4 final "Verder" - "Udineze" 3:1 "Udineze" - "Verder" 3:3 (umumiy hisob. 6:4) 

1/2 final "Verder" - "Gamburg" 0:1 "Gamburg" - "Verder" 2:3 (umumiy 3:3«Verder» safarda kiritgan gollar evaziga keyingi bosqichga chiqdi.)


Категория: Dunyo Futboli | Просмотров: 1011 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz