Corriere dello Sport nashrida esa yana bir shov-shuvli xabar tarqaldi. Gazetada yozilishicha, «Milan» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Londonning «Chelsi» klubi bilan shartnoma imzolagan. Anchelotti «Milan»dagi sakkiz yillik faoliyatida davomida jamoa bilan ko'plab yutuqlarga erishdi. Ammo so'nggi mavsumda «rossonerlar» musobaqalarda ko'ngildagidek qatnasha olishmadi. Xususan, jamoa Chempionlar ligasida o'ynashdan mahrum bo'lgani etmaganidek, UEFA kubogida ham omadsizlikka uchradi. Corriere dello Sport nashriga bergan intervpyusida Anchelotti yozda «Chelsi»ga ketayotganini bayon etgan. Nashrning maolumotiga tayanadigan bo'lsak, Anchelotti lodonliklar bilan 2013 yilga qadar bitim imzolagan. Bu erda Karlito har bir mavsum uchun 6,5 mln evro miqdorida haq oladi.
Категория: Dunyo Futboli |
Просмотров: 851 |
Добавил: Abbos
| Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]