Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 06:13



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 18 » «NEFTChI»NING IMKONIYaTI O'Z QO'LIDA
«NEFTChI»NING IMKONIYaTI O'Z QO'LIDA
20:10
Yamanning “At Tilol” jamoasiga qarshi o'tajak safar uchrashuvi farg'onaning “Neftchi” jamoasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. OFK kubogining guruh bosqichi so'nggi turi o'yinlari Baxraynning “Busaytin” jamoasidan keyin “A” guruhidan nimchorak finalda ishtirok etadigan ikkinchi jamoa nomini aniqlab beradi. 

O'zbekistonning bronza medali sohibini faqat g'alaba qoniqtiradi. Aks holda farg'onaliklar uchun “Busaytin”ni qabul qiladigan Livanning “Al Ahad” jamoasi g'alabasidan umid qilishgina qoladi, xolos. Guruhda ochkolar teng bo'lib qolsa, o'zaro uchrashuvlar natijasiga ko'ra “Neftchi” “Al Ahad”ga imkonyaitni boy beradi. Bu jamoalar o'rtasidagi bahslarda Livanda mezbonlar foydasiga 5:1, Farg'onada ham mezbonlar foydasiga 2:1 hisoblari qayd etilgan.

Nazariy jihatdan Sarkisyan shogirdlari hatto birinchi o'rinni ham qo'lga kiritishlari mumkin. Ammo “Busaytin” bilan ochkolari teng bo'lib qolgan taqdirda ham, farg'onaliklarning to'plar nisbati raqibnikiga solishtirganda anchayin yomon ko'rinishda. O'zaro uchrashuvlari esa 1:1 va 2:2 hisoblari bilan yakunlangan. Bunday holat yuzaga kelishi uchun "Busaytin" o'ta yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashi, "Neftchi" esa juda yirik hisobda raqibini engishi lozim. Agar “Neftchi” guruhda ikkinchi o'rinni egallasa, pley-offda “E” guruhida birinchi o'rinni egallagan Suriyaning “Al Majd” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. 

“So'nggi o'yindan oldin tarkibimizda ko'plab yo'qotishlar mavjud. Himoya chizig'ining deyarli barcha vakillari jarohatlanishgan, Sherzod Hakimov esa diskvalifikatsiya qilingan, - dedi jamoani 1988 yildan beri boshqarib kelayotgan Yuriy Vazgenovich Sarkisyan. – Shunga qaramay, men hech qachon jamoaga chet ellik futbolchilarni taklif qilmayman. Men mahalliy futbolchilarni tarbiyalayman, qishloqlardan iqtidorlarni izlab topaman”. 
 
Uning hamkasbi va so'nggi o'yindagi raqibi Sami Naashu uchun yo'qotadigan hech narsa qolmagan: “Neftchi” bilan bo'ladigan o'yin bizga so'nggi o'rindan ko'tarilishimizga imkon bermaydi. Biz borimizni yo'qotib bo'ldik. Faqatgina “At Tilol” ham yaxshi jamoa ekanligini isbotlashga harakat qilamiz”, - dedi bosh murabbiy.

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1015 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz