Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 04:21



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 20 » Neftchi yirik g'alabaga erishdi
Neftchi yirik g'alabaga erishdi
02:01

Nihoyat, "Neftchi" o'zidan kutilgan natija qayd etdi. Bugun Yamanning Adan shahrida "At-Tilol"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda Yuriy Sarkisyan shogirdlari yirik 5:0 hisobida g'alaba qozonib, guruhdagi ikkinchi uchrashuv natijasidan qat'iy nazar, nimchorak final yo'llanmasiga ega bo'ldilar. Uchrashuvda Alisher Xoliqov "xet-trik"ka (13, 35, 67) erishgan bo'lsa, Umid Boqiev "dubl" (74, 79) muallifi bo'ldi. 

Xoliqov dastlabki golni 13-daqiqada Baxtiyor Yoqubovning o'ng qanotdan uzatib bergan pasidan so'ng kiritgan bo'lsa, 1-bo'lim o'rtalarida kiritilgan gol Alisherning individual mahorat evaziga kiritildi. 

Ikkinchi bo'limda mezbonlar darvozaboni yana bir marta Alisher Xoliqov oldida ojiz qoldi. Golga bu safar Muhsin Nizomiddinov mualliflik qildi. Xoliqovning o'zi Umid Boqievning 2 ta goliga hammualliflik qildi. Undan tashqari, "At-Tilol" darvozaboni Amrus bir necha vaziyatlarda farg'onaliklarning hujumlarini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. "Neftchi"ning katta tashabbusi bilan o'tgan uchrashuvda qayd etilgan 5:0 - o'yinga mos natija bo'ldi. 

Soat 22.00 da boshlanadigan "Al-Ahad" - "Busaytin" bahsida baxraynliklar 5 ta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchramasalar (bunday bo'lish ehtimoli juda past, albatta), "A" guruhida "Neftchi" 2-o'rinni qo'lga kiritadi va pley-off bahsini "E" guruhi g'olibi bilan 27 may kuni safarda o'tkazadi. "E" guruhida bugun 6-turning bitta uchrashuvi yakunlandi. Hindistonning "Dempo" klubi o'z maydonida Iordaniyaning "Al Faysali" klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 10 taga etkazib oldi. Suriyaning "Al Majid" va Bahraynning "Al Muharraq" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21.00 da boshlandi va 2:3 hisobida suriyaliklar g'alaba qozonishdi. Farg'onaliklar endi 27 may kuni Suriyaga — "Al Majid"ga qarshi maydonga tushish uchue safar uyushtirishlariga to'g'ri keladi. OFK kubogi barcha guruh bahslarining yakuniy ko'rinishi bilan veb-saytimiz orqali barcha o'yinlar yakunlanganidan so'ng tanishib olishingiz mumkin. 
 
OFK KUBOGI. "A" GURUHI. 6-TUR.
"AT-TILOL" (Adan, Yaman) - "NEFTChI" (Farg'ona, O'zbekiston) - 0:5
Gollar: Alisher Xoliqov 13, 35, 67, Umid Boqiev 74, 79

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1356 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz