Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 04:21



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 20 » G'alabaga teng durrang
G'alabaga teng durrang
02:05
Bugun "Bunyodkor" hamda "Ash-Shabab" jamoalari o'rtasidagi bahs o'z yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda mehmonlarga faqatgina g'alaba suv va havodek zarur edi, "Bunyodkor"ga esa raqibdan ochko tortib olish asosiy maqsadlardan biri edi va "qaldirg'ochlar" buni uddasidan chiqishdi.

O'yin boshlanishi bilan toshkentlik futbolchilar bugungi bahsda durang emas, balki g'alaba ilinjida maydonga tushganliklarini isbotlashga tushib ketdilar. 2-daqiqadayoq, Jeparov burchakdan to'p tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. To'pni jarima maydonchasiga bevosita uzatib berganida esa, raqib himoyachisining sa'y harakatlari bilan Rivaldo hisobni ochish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. 

Umuman, dastlabki 5 daqiqa Hikmat Ergashev shogirdlarining keskin hujumlari bilan boshlandi. Lekin, yakunlovchi zarba beradigan futbolchi tanqisligi pand beraverdi.

O'yin shu taxlit davom eta boshladi va 25-daqiqada o'yingohga yig'ilgan muxlislar yana bir xavfli vaziyat guvohiga aylanishdi. Yarim himoyachilardan to'pni qabul qilib olgan Baqoev, markazga yo'nalgan holda olg'a bordi va chamasi 20-25 metr masofadan kuchli zarba berdi, biroq zarba darvozaning chap ustuni yonidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'lim oxirlarida "Ash-Shabab" tarkibidagi braziliyalik Assunsao jarima zarbasi tepishga muvaffaq bo'ldi. Uning zarbasi noaniq bo'ldi va bunga javoban uyushtirilgan hujumda esa boshqa bir braziliyalik - Rivaldo noaniq zarba muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo'lim esa birinchisidan farqli o'laroq, teng kurashlar ostida kechdi. Endi raqiblar ham xavfli hujumlar uyushtira boshlashdi. Ba'zi vaziyatlarda, Murod Zuxurovning ishonchsiz harakatlari ham barchaning diqqat markazida bo'ldi. Lekin, uning va jamoasining baxtiga o'sha vaziyatlar ular kutganidek yakunlandi. 

Birinchi bo'limdagi "Bunyodkor" ustunligini deyarli yo'qqa chiqargan BAA vakillari ketma-ket hujum qilishda davom etdilar. Ayniqsa, Markus Assunsao haqiqiy legionerlardek to'p surdi. Uning bir qancha vaziyatlardagi jonbozliklari agarda jamoadoshlari tomonidan munosib qo'llab-quvvatlanganida edi, balki to'p kiritishlari ham mumkin edi.

Amaldagi chempionimiz tarkibida esa Jasur Hasanov ancha faolligi bilan ajralib turdi, shuningdek, Rivaldo, Ramos va Jeparovlar ham hujum uyushtirishda ancha aktiv bo'ldilar, biroq, yuqorida aytib o'tganimizdek, yakuniy zarbani beruvchi o'yinchi etishmadi. Balki, Vilyanuevaning o'rni bilingandir, chunki shu kabi vaziyatlarning aksariyatida chililik goleador samarali harakat qilar edi. Muhimi jamoa o'z oldiga qo'ygan vazifani bajardi va 1/8 finalga yo'llanma oldi.

Ertaga bo'lib o'tadigan "Persepolis" - "Ash-Shabab" (Saudiya Arabistoni) o'rtasidagi bahsdan so'ng "Bunyodkor"ning nimchorak finaldagi raqibi ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 1/8 final uchrashuvlari 27 may kuni o'z guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar mezbonligida bo'lib o'tadi. Ushbu bahslar g'oliblari faqatgina bitta uchrashuv natijasiga ko'ra aniqlanishini oldingi xabarlarda aytib o'tganmiz.

"BUNYoDKOR" (O'ZBEKISTON) - "ASh-ShABAB" (BAA) 0:0 (0:0)
Hakam: Muhammad Abdulla Al-Hiloliy (Oman)
"Bunyodkor": M. Zuxurov, G. Gochkuliev, A. G'ofurov, S. Jo'raev, E. Ramos, T. Kapadze, J. Viktor (A. Haydarov), J. Hasanov (V. Karpenko), S. Jeparov, Rivaldo, U. Baqoev (A. Soliev)
Ogohlantirishlar: J. Viktor, S. Jo'raev, E. Ramos - Oladiy
Toshkent. "JAR" o'yingohi. 8500 tomoshabin.

Manba: www.uff.uz

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1383 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 4.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz