Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 03:14



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 20 » Ma'rufjonov JAR ga velosipedda boradi
Ma'rufjonov JAR ga velosipedda boradi
16:36

2006 yilgi Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tgan Germaniyaga velosipedda sayohat qilgan o'zbekistonlik futbol ishqibozi Akram Ma'rufjonov Janubiy Afrikada o'tkaziladigan navbatdagi mundialga ham qadrdon velosipedida bormoqchi. 59 yoshli Ma'rufjonov bu haqda O'FF matbuot xizmatiga xabar qildi. “2010 yilgi Jahon chempionatiga ham velosipedda borishni niyat qilib qo'ydim”, - deydi Ma'rufjonov. - Afrika juda olis manzilda joylashgan mamlakat. U erga borish uchun bir nechta mamlakatlarning hududidan o'tishga to'g'ri keladi. Demak, o'sha mamlakatlarning vizalari va ruhsatnomalarini olishim kerak. Shuning uchun ham Toshkentga Turkmaniston, Eron, Misr elchixonalariga borib, viza olish maqsadida keldim”. Toshkentga shaxsiy ishlari bilan o'z velosipedida qatnaydigan Ma'rufjonov 2006 yilgi Jahon chempionati bahslarida Germaniya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq darvozaboni Oliver Kan bilan uchrashib, unga maxsus sovg'a salomlar topshirgan edi. Futbolchi bilan muntazam aloqada bo'lib turgan Akram Ma'rufjonov hatto Oliver Kanning o'zidan 2008 yilgi xayrlashuv uchrashuviga taklifnoma ham olgan. “Kan bilan 1 sentyabr kuni uchrashdik”-, deya eslaydi Ma'rufjonov. - Aniqrog'i, bizning qidirayotganimizdan xabar topib, futbolchining o'zi, ya'ni uning yordamchilari, ma'muriyat hodimlari bizni izlab topishdi. Biz sovg'a salomlarni unga ko'rsatdik. Kanga uning nomi yozilgan zarbop to'n kiydirdik. Milliy kulolchilik yo'lida yasalgan va Oliver Kanning 2002 yilgi Jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi deb tan olingan vaqtda tushgan holati tasvirlangan nodir ko'zacha va lagan berdik. Milliy libosimiz yaktakni ham unutmadim”, - deydi Ma'rufjonov. Marg'ilonlik sayohatchi-ishqiboz, shuningdek, ko'rsatilayotgan yordam uchun O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga ham o'z minnatdorchiligini bildirdi. “Avvalo, e'tibor va mehmondo'stlik uchun tashakkur. Har safar Toshkentga kelganda shu erga kirib o'taman. Taassurotlarni kimgadir aytmasang, maza qilmaysan inson. Shu erda suhbatlashib, ko'rgan bilganlarimni aytib beraman. Federatsiya Janubiy Afrika Respublikasiga viza olishimga ko'mak berishini juda-juda istardim. Bu ish Federatsiyaning yordami bilan oson bitishiga shubham yo'q. JAR vizasi urilgan pasport bilan Jahon chempionati bo'lib o'tadigan shahargacha bo'lgan hududlardan o'tish oson bo'lardi”, -deydi u. Akram Ma'rufjonov bilan uyushtirilgan intervyuni tez orada kuni www.the-uff.com da to'liqligicha o'qishingiz mumkin. 

O'FF matbuot xizmati

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1371 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz