Главная
 
NAVBAHOR-N PFK va DUNYO FUTBOLI YANGILIKLARIDushanba, 20.05.2024, 06:44



| RSS
Главная

sayt meyusi


Ro'yhatdan o'tganmisiz ?
Логин:
Пароль:

saytdan qidirish

taqvim
«  May 2009  »
DUSECHORPAJUSHAYAK
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

KEYINGI RAQIBIMIZ
                   


Главная » 2009 » May » 14 » ANDIJON - BUNYODKOR to'liq tafsilot.
ANDIJON - BUNYODKOR to'liq tafsilot.
20:07

«ANDIJON»-«BUNYoDKOR» 1:2 (0:0). TUGADI90' 

Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi, aziz muxlislar. Juda qiziqarli va yomg'ir sotida o'tgan uchrashuvda amaldagi chempion 2:1 hisobida g'alaba qozondi va ochkolari sonini 30 taga etkazib oldi. Shuhrat Mirxoldirshoev esa O'tgan 3 mavsum ichida ilk bor andijonliklarning «Bunyodkor»ga kiritgan gol muallifi bo'ldi. 
74' 
GOOOOOOOL!!!! Jasur Hasanovning o'z qanotidan havolatib oshirib bergan to'pini Anvar Soliev boshi bilan «Andijon» darvozasiga yo'lladi! Bu Anvarning mavsumdagi 6-goli!
73' 
Qayd etish joyizki, Rivaldo ushbu zarbani jarima to'pidan emas, uyin davomida yo'lladi.
73' 
GOOOOOOL!!! Rivaldo 18-20 metrdan Igor Mixaylov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni etnglashtirdi!
72' 
Uchrashuvdagi vaziyatalardan xozircha bexabarmiz. So'nggi olingan ma'lumotga ko'ra Shuhrat Mirxoldirshoevning golidan so'ng andijonliklar 1:0 hisobida oldinda. «Sog'lom avlod» stadionga ulanish borasidagi urinishlarimiz hozircha besamar ketmoqda.
65' 
Andijondagi sog'lom avlod stadionida haqiqiy bayram hukm surmoqda. 

Endigi maqsad, savodli himoyalanib, uchrashuvda erishilgan natijani oxirigacha saqlab qolish!

 
62' 
Andijon jamoasida ajoyib imkoniyat bo'lgan edi. Mehmonlar himoyachilari to'pni yuza chizig'iga chiqrib yuborishdi. Burchak to'pi. Va GOOOOOLLL!!!!! Shuxrat Mirxoldirshoev!!!
60' 
Mirzakamol Kamlovning 25 metrlardan tepgan to'pi maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Mehmonlar darvozaboni to'pni o'yinga kiritadi. «Bunyodkor»da o'zgarishlar: Gokuliev o'rniga — Timur Kapadze, Xose Luis Vilyanueva o'rniga — Anvar Solievlar maydonga tushdi.
58' Hozircha hisob ochilgani yo'q. Nihoyat, «mash'al» radiosi orqali eshitib, translyatsiyani davom ettiramiz.
48' 
Hurmatli muxlislar, Andijondagi muxlislarning uyali telefonlariga mutlaqo aloqaga chiqib bo'lmayapti. Uzilishlar uchun sizlardan uzr so'raymiz. To'g'ri tushunasiz, degan umiddamiz. Tafsilotlarni etkazishga harakat qilamiz. 
46' 
Shu o'rinda terma jamoamizga oid yana bir xabar: O'ZBEKISTON-YaPONIYa uchrashuvini suriyalik Muhsin Basma boshqarib boradigan bo'libdi. Ushbu hakam «Ash-Shabab»-Bunyodkor» (2:0) uchrashuvini ham boshqargani yodingizda bo'lsa kerak.
46' 
Andijonda uchrashuvning ikkinchi bo'limiga hushtak chalindi. 
45' 
To'p uchun kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Jamaoalar asosan qanotlardan hujumlar uyushtirishmoqda. Shu onda Marat Ismoilovning 1-bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi yangradi. Birinchi bo'limda hisob oichlmadi — 0:0
45' 
Ung qanotdan Andijon jamoasining hujumi! To'p maydonni tark etdi. Murod Zuhurov darvozabon maydonchasidan o'yinga kiritadi. 
44' 
Bunyodkor burchakdan tup kiritdi lekin mehmonlar to'pni yuza chizig'iga chiqarib yuborishdi.
40' 
Samarqanddan turib Andijonga ulanish juda qiyin bo'lyapti.
34' 
Ana shunday hujumlarning birida Levan Mdivnishvili jarima maydoni tashqarisidan akrobatik usulda zarba berdi. Juda chiroyli chiqqan esa-da, zarba noaniq ketdi!
33' 
Yomg'irning yog'ishi tezlashdi. Maydoda o'ynash qiyin bo'lyapti. Bunyodkor yana tashabbusga ega bo'lib hujum qilmoqda. Andijon qarshi hujum taktikasini qo'llamokda.
30' 
Uchrashuvning deyarli 1/3 qismi ortda qoldi. Uchrashuvda hamon hisob ochilgani yo'q. O'yinda esa teng kurash ketayotganini alohida ta'kidlashimiz zarur
26' 
Bunyodkor chap qanotdan hujum amalga oshirmoqda. To'p yana maydon markaziga qaytdi. Mirxoldirshoev hujumda ishtirok etayapti. Zamsashvili!!! Uning tepgan to'pi noaniq!
25' 
«Andijon» burchakdan to'p kiritish huquqini qo'lga kiritdi. Ushbu vaziyatda Bunyodkor futbolchilari ushbu xavfli standartni bartaraf etishdi.
23' 
18-daqiqadagi vaziyatga picha oydinlik kiritamiz: Levan Mdinishvilini Mirzakamol Kamolov ajoyib pasi bilan yakkama-yakka vziyatga chiqardi. Lekin Murod Zuhurov jonbozlik ko'rsatib to'pni egallab oldi...
22' 
Mehmonlar yana bir marta jarima to'pini tepish xuquqini qo'lga kiritishdi. Barcha Futbolchilar «Andijon» jarima maydonchasida... Yo'q... Hujum xavfli tus olmadi.
21' 
Qayrat O'taboev chap qanotdan «Andijon» hujumini boshlab berdi. «Bunyodkor» himoyachilarini aldashga kirishib ketib to'pni oldirdi. 
20' 
Hurmatli muxlislar yo'l qo'yilayotgan imlo xatolari uchun uzr so'raymiz!
19' 
Maydonda tashabbus tenglashdi. To'p uchun kurash asosan maydon markazida kechmoqda. «Bunyodkor»ning hujumlari asosan chap qanotda tezkor Jasur Hasanov ishtirkoida amalga oshirilmoqda.
18' 
«Andijon» jamoasida hisobni ochish uchun juda qulay vaziyat vujudga keldi!!! Murod Zuhurovning jonbozligi «Bunyodkor»ni muqarrar goldan qutqarib qoldi!
16' 
Andijonda yomg'ir sevalab yog'ayotganini yana bir bor eslatib o'tamiz. 
15' 
Stadion muxlislar bilan to'lgan. Andijonlik 18 mingga yaqin muxlislarga qarshi «Bunyodkor»ning 50 ga yaqin muxlisi o'z jamoalarini olqishlashmoqda. Uchrashuvni Toshkentlik tajribali hakam Marat Ismoilov boshqarib borayotganini yana bir bor ta'kidlab o'tamiz.
12' 
25-metrlardan yana o'sha Rivaldo Igor Mixaylov darvozasini nishonga oldi. Mixaylov to'pni egallab oldi. Hamon mehmonlar kichik tashabbus bilan to'p surishmoqda. 
5' 
20 metrlar masfoada o'rnatilgan jarima to'pini Rivaldo qoyilmaqom qilib bajardi. Igor Mixaylov mahorat ko'rsatib ushbu to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Tashabbus biroz mehmonlarda.
0' 
«Andijon» futbolchilari ko'k tusli libosda, «Bunyodkor»chilar esa oq libosda harakat qilishmoqda. Jamoalar tarkibi bilan tanishtiramiz:

 

ANDIJON: Mixalov, A.Isaev, A.Jadigerov, M.Kamolov, Sh.Mirxoldirshoev, Z.Zamsashvili, Q.O'taboev, A.Shorahmetov, L.Mdivnishvili, F.Davletov, R.Isroilov

 

BUNYoDKOR: M.Zuhurov, G.Gochkuliev, Luizao, A.Fofurov, Edson Ramos, Rivaldo, Vilyanueva, J.Hasanov, S.Jo'raev, Jao Viktor, S.Jeparov.

Категория: O'zbek Futboli | Просмотров: 1054 | Добавил: Abbos | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
0  
1 Abbos   (14.05.2009 20:49) [Material]
achinarli mag'lubiyat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей
`

So'rovnoma
Sayt Sizga yo'qdimi
Всего ответов: 34

MIni-chat
200

Saytimiz  do'stlari
  • SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

  • HISOBLAGICH

    Barcha On-line dagilar 1
    Mehmonlar 1
    Foydalanuvchilar 0

     SAYTDAN MA'LUMOTLAR OLINGANDA SAYT MANZILI KO'RSATILISHI SHARTBARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN © 2024
    Сайт управляется системой uCoz